Afg‘onistonda muzlab o‘lganlar soni 157 nafarga yetdi

Afg‘onistonda havo harorati kechasi poytaxt Kobulda - 10 darajagacha tushar ekan, ayrim hududlarda esa -30 darajagacha pasaydi.

1938278
Afg‘onistonda muzlab o‘lganlar soni 157 nafarga yetdi

Afg‘onistonda so‘nggi ikki haftada avj olgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli muzlab o‘lganlar soni 157 nafarga yetdi.

Mamlakatdagi havo harorati kechasi poytaxt Kobulda - 10 darajagacha tushar ekan, ayrim hududlarda esa -30 darajagacha pasaydi.

Tolibon muvaqqat hukumatining Tabiiy ofatlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Shafiulloh Rahimiy mamlakat boʻylab 157 kishining sovuqdan vafot etganini maʼlum qilib, eng koʻp qurbonlar Gor, Badaxshon, Paktika va Paktiya viloyatlarida qayd etilganini bildirdi.

Rahimiyning ta’kidlashicha, noqulay ob - havo sharoiti tufayli 75 mingdan ortiq qoramol nobud bo‘lgan.

Afgʻoniston meteorologiya instituti bu yilgi qish mavsumida havo haroratining oʻtgan yilga nisbatan ikki barobar sovuq boʻlgani, eng qattiq sovuq esa Gor viloyatida qayd etilganini taʼkidladi.

 



Aloqador xabarlar