Fransiya Burkina-Fasodan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi

Fransiya harbiylari o‘tgan seshanba kuni Burkina-Faso hukumatidan rasman talabnoma olgan. Shu sababli ular bir oy ichida mamlakat hududini tark etadi.

1938235
Fransiya Burkina-Fasodan qo‘shinlarini olib chiqib ketadi

 

Fransiya bir oy ichida Burkina-Fasodan qo‘shinlarini olib chiqib ketmoqchi.

Bu haqda Fransuz matbuoti diplomatik manbaga tayanib xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Fransiya harbiylari o‘tgan seshanba kuni Burkina-Faso hukumatidan rasman talabnoma olgan. Shu sababli ular bir oy ichida mamlakat hududini tark etadi.

Burkina-Faso hukumati Fransiyani o‘z mamlakatida joylashgan fransuz kuchlarining maqomi to‘g‘risidagi 2018-yilgi kelishuvi bekor qilingani haqida rasman xabardor qilgan.

Fransuz diplomatik manbasi, "Shartnoma shartlariga ko'ra, bekor qilish yozma bildirishnoma olinganidan keyin bir oy o'tgach kuchga kiradi. Bu talabni bajarib, ushbu kelishuv shartlariga amal qilamiz" dedi. 

Saber operatsiyasi doirasida Fransiyaning 400 nafar askari Burkina-Fasoda xizmat qilmoqda.

Burkina-Faso hukumati voizi Jan-Emmanuel Ouedraogo, fransuz askarlarining Burkina-Faso hududida bo’lishiga ruxsat bergan kelishuvni bekor qilganligini,  ammo ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar davom etishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso , #Fransiya

Aloqador xabarlar