AQSh Livan armiyasiga 72 million dollar naqd pul ajratadi

Bayrutda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda Livan armiyasi va xavfsizlik kuchlarini qo'llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Unda AQShning Bayrutdagi elchisi Doroti Shea ham ishtirok etdi.

1938079
AQSh Livan armiyasiga 72 million dollar naqd pul ajratadi

 

AQSh Livan armiyasi va xavfsizlik kuchlariga 72 million dollar naqd pul ajratadi.

Mamlakat poytaxti Bayrutda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda Livan armiyasi va xavfsizlik kuchlarini qo'llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Unda AQShning Bayrutdagi elchisi Doroti Shea ham ishtirok etdi.

Yig’ilishdan so'ng AQSh elchisi Doroti  Shea Livan armiyasi Bosh shtab boshlig'i general-leytenant Jozef Avn va Livan Ichki xavfsizlik kuchlari departamenti qo'mondoni general-mayor Imad Usmon bilan AQSh tomonidan xavfsizlik kuchlariga taqdim etiladigan naqd pul yordami haqida qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

"AQSh Kongressi ichki xavfsizlik kuchlari va Livan armiyasiga xavfsizlik yordamining katta qismini qayta taqsimlashga rozi bo'ldi",-deydi AQSh elchisi.

Yordam doirasida harbiylarga oylik to'lanishini ifoda etgan Shea, "Xavfsizlik xodimlariga 6 oy davomida har biri 100 dollardan jami 72 million dollar to'lanadi" dedi.

Livan, ayniqsa 2019 yildan beri jiddiy iqtisodiy inqirozga qarshi kurashmoqda. Dollar likvidligi muammosi va Livan Markaziy bankidagi valyuta zaxiralarining erishi mamlakatda jiddiy inqirozlarning boshlanishiga olib keldi.


Tanlangan kalimalar: #Livan , #AQSh

Aloqador xabarlar