Xitoyda Covid-19 yuzasidan qayd etilgan o‘lim holatlari ortdi

Xitoyda 13-19 yanvar kunlari virus tufayli 12 ming 658 o‘lim qayd etilgan.

1936781
Xitoyda Covid-19 yuzasidan qayd etilgan o‘lim holatlari ortdi

Xitoyda an’anaviy oy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayramidan oldingi haftada, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) yuzasidan 12 ming 658 kishi vafot etdi.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 13-19 yanvar kunlari virus tufayli 12 ming 658 o‘lim qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, Covid-19 ga qarshi chora ko‘rish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan ba’zi qoidalar bekor qilingan 2022-yilning 8-dekabridan 2023-yilning 12-yanvariga qadar virus tufayli 59 ming 938 kishi vafot etgan. Bu orqali, oxirgi pandemiya yuzasidan tasdiqlangan o‘lim holati soni 72 ming 596 nafarga yetgan.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi rasmiylaridan Vu Zunyou ham Weibo ijtimoiy tarmog‘iga bergan bayonotida, chora – tadbir asosidagi qoidalar bekor qilinganidan beri 1,4 milliardlik Xitoy aholisining 80 foizdan ortig‘i koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Xitoy an’analarida Yangi yilni oilalar bilan o‘tkazish muhimdir. Yangi yil bayramini o‘z ichiga olgan “Bahor bayrami” davrida millionlab inson, tug‘ilib o‘sgan yurtiga borish uchun safar uyushtiradi. “Chunyun” deb nomlangan bahor bayrami sayohatlari, “dunyodagi eng yirik mintaqaviy ko‘chish”, - degan nom bilan mashhur.

Transport vazirligi joriy yilning 7-yanvaridan 15-fevraliga qadar davom etuvchi 40 kunlik dam olish kunlarida 2,1 milliard sayohat rejasi kutilayotganini maʼlum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #yangi yil bayrami , #Xitoy , #Covid-19

Aloqador xabarlar