Kecha Nepalda halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi

Rasmiylarning xabar berishicha, 4  nafari ekipaj 72  kishi  bo‘lgan ikki dvigatelli ATR 72 samolyotining qora qutisi va kokpit ovoz yozish moslamasi yaxshi holatda.

1933111
Kecha Nepalda halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi

 

Kecha Nepalda halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi.

Rasmiylarning xabar berishicha, 4  nafari ekipaj 72  kishi  bo‘lgan ikki dvigatelli ATR 72 samolyotining qora qutisi va kokpit ovoz yozish moslamasi yaxshi holatda.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulagani taxmin qilinayotgan samolyotda hozirgacha 68 kishining jasadi topilgan.

Poxara politsiyasi yakshanba kuni qorong‘u tushgandan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Poytaxt Katmandudan Pokharaga rejalangan parvozi vaqtida halokatga uchragan samolyot bortida 57 Nepal, 5 Hindiston, 4 Rossiya, 2 Janubiy Koreya va Argentina, Irlandiya, Avstraliya va Fransiyadan bir kishi bo'lganligi ma'lum qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #68 kishi , #Samolyot halokati , #Katmandu , #Nepal

Aloqador xabarlar