Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Belarusda bugun, 16 yanvar kuni ertalab Belarus va Rossiya qurolli kuchlari aviatsiya bo‘linmalarining qo‘shma taktik parvoz mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

1933222
Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

 

Belarusda bugun, 16 yanvar kuni ertalab Belarus va Rossiya qurolli kuchlari aviatsiya bo‘linmalarining qo‘shma taktik parvoz mashg‘ulotlari boshlandi.

Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, ushbu mashg‘ulotlardan asosiy maqsad jangovar tayyorgarlik vazifalarini birgalikda bajarishda operativ muvofiqlikni oshirishdir. Bundan tashqari, havo razvedkasini amalga oshirish, chegarada qo‘shma patrullar o‘tkazish, qo‘shinlar guruhini havodan qo‘llab-quvvatlash, taktik desant qo‘shinlarini joylashtirish, shuningdek, yuklarni yetkazib berish va yaradorlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

1 fevralgacha davom etadigan mashg‘ulotlarga Belarus qurolli kuchlari harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining barcha aerodromlari va poligonlari jalb etilgan.

Keng miqyosdagi Rossiya-Belarus o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi munosabati bilan Belarus Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga kirishi mumkinligi haqida yana taxminlar paydo bo‘ldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oktyabr oyida Rossiya-Belarus ittifoq davlati chegaralarida keskinlik kuchayganligi sababli ikki davlatning harbiy bo’linmalaridan iborat mushtarak mintaqaviy kuch tuzgan edi.

Belarus Mudofaa vazirligi 6-yanvar kuni Rossiya-Belarus mintaqaviy qo‘shma kuchlari mudofaa missiyasiga tayyor ekanligini ma’lum qilib, kelajakda turli bo‘linmalar darajasidagi qo‘shma mintaqaviy harbiy bo’linmalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Belorus

Aloqador xabarlar