Nepalda qulagan samolyot bortida 72 kishi bor edi va undan 68 nafari halok bo‘ldi

Nepal markazidagi Poxara viloyatida 68 yo‘lovchi bilan 4 nafar ekipaj a’zosini tashigan samolyot quladi.

1932850
Nepalda qulagan samolyot bortida 72 kishi bor edi va undan 68 nafari halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nepal markazidagi Poxara viloyatida 68 yo‘lovchi bilan 4 nafar ekipaj a’zosini tashigan samolyotning qulashi oqibatida 68 kishi halok bo‘lgan.

 “Kathmandu Post” gazetasining xabariga ko‘ra, poytaxt Katmandudan Poxaraga qarab yo‘l olgan Yeti havo yo‘llariga oid “ATR 72” rusumidagi yo‘lovchi samolyoti, Seti daryosi vodiysi yaqinida qulagan.

Kompaniya matbuot xizmati kotibi Sudarshan Bartaulaning aytishicha, samolyot bortida 68 yo‘lovchi bilan to‘rt kishilik ekipaj bo‘lgan.

Nepal fuqaro aviatsiyasi tashkilotidan berilgan yozma bayonotda, samolyotdagi xorijliklar orasida 5 nafari Hindiston, 4 nafari Rossiya va 2 nafari Janubiy Koreya fuqarosi bilan birga Irlandiya, Avstraliya, Argentina va Fransiya fuqarolari ham borligi maʼlum qilindi.

Bosh vazir Pushpa Kamal Dahal, xavfsizlik kuchlari va jamoatchilikdan mintaqadagi qutqaruv ishlarini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Davlat televideniyesi tomonidan efirga uzatilgan kadrlarda, Himoloy tog‘lari etagidagi tik mintaqada qulagan samolyotdan tutun chiqib, ortidan olov olgani haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #Nepal , #Poxara , #Nepalda qulagan samolyot

Aloqador xabarlar