Gruziya va Armaniston ID karta bilan sayohat qilish to’g’risida shartnoma imzoladi

Gruziya Bosh vaziri Irakli Gariboshvili Armanistonga tashrifi doirasida mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.

1932103
Gruziya va Armaniston ID karta bilan sayohat qilish to’g’risida shartnoma imzoladi

 

Gruziya va Armaniston o'rtasida shaxsiy guvohnomalar bilan sayohat jarayonini boshlash uchun shartnoma imzolandi.

Bu haqda Gruziya Bosh Vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Bosh vazir Irakli Gariboshvili Armanistondagi rasmiy uchrashuvlari doirasida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.

Poytaxt Yerevanda o'tkazilgan iqtisodiy komissiya yig'ilishi yakunida Gariboshvili va Pashinyan Gruziya va Armaniston o'rtasidagi o'zaro sayohatni ID kartalar bilan amalga oshirish uchun shartnoma imzoladi.


Tanlangan kalimalar: #ID , #Gruziya , #Armaniston

Aloqador xabarlar