Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda uyushtirgan bosqinda ikki falastinlik yaralandi

Falastin Ovozi radiosining xabariga ko'ra, Tubas shimolidagi Akkabe shaharchasiga bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari bilan Falastinliklar o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

1930059
Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda uyushtirgan bosqinda ikki falastinlik yaralandi

 

Isroil kuchlarining ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda uyushtirgan reydlarida ikki falastinlik yaralandi.

Falastin Ovozi radiosining xabariga ko'ra, Tubas shimolidagi Akkabe shaharchasiga bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari bilan Falastinliklar o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

Hodisalar chog‘ida Isroil askarlarining o‘t ochishi oqibatida ikki falastinlik yosh yaralandi.

Ko‘krak qafasidan jarohat olgan yoshlardan biri davolanish uchun Jenindagi Ibn-i Sino kasalxonasiga olib ketildi.

Boshqa yaradorlar esa avvaliga Isroil askarlari tomonidan qo'lga olindi, so'ngra Jenindagi harbiy nazorat punktida Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshirildi.

Boshqa tomondan, Falastin rasmiy xabar agentligi WAFA, Isroil qo'shini G'arbiy Sohilning turli joylarida 10 nafar Falastinlikni qo'lga olganini ma'lum qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yarador , #Bosqin , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar