Sputnik bosh muharriri Marat Kasem Latviyada hibsga olindi

Jurnalist Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzish va josuslikda ayblanmoqda.

1928954
Sputnik bosh muharriri Marat Kasem Latviyada hibsga olindi

 

Rossiyaning Sputnik axborot saytining Litvadagi vakolatxonasi bosh muharriri Marat Kasem Latviyada hibsga olindi.

Jurnalist Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzish va josuslikda ayblanmoqda.

Advokat Imma Jansonening mijozi Kasemni garov evaziga ozod qilish haqidagi iltimosi sud tomonidan rad etildi.

Latviya fuqarosi bo’lgan Marat Kasem bir necha yillardan beri Rossiya poytaxti Moskva shahrida istiqomat qiladi. U Sputnik aʼzo boʻlgan “Rossiya Segodnya” media guruhida ishlaydi.

Marat Kasem Rojdestvo arafasida oilaviy sabablarga ko‘ra Latviyaga qaytgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Kasemning hibsga olinishini Latviyaning so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini buzish sifatida baholadi.


Tanlangan kalimalar: #Marat Kasem , #Sputnik

Aloqador xabarlar