Burkina-Faso Fransiya elchisini “persona non grata” deb e’lon qildi

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 9-sentyabrdan buyon Fransiyaning Vagadugudagi Favqulodda va muhtor elchisi boʻlib kelgan Lyuk Halladedan mamlakatni rasman tark etishni talab qilgan, ammo buning sababini ochiq e'lon qilmagan.

1927830
Burkina-Faso Fransiya elchisini “persona non grata” deb e’lon qildi

 

Burkina-Faso Fransiyaning Vagadugudagi elchisi Lyuk Halladeni “persona non grata” deb e’lon qildi va undan mamlakatni tark etishni so‘radi.

Bu haqda Burkina-Faso hukumati matbuot kotibi Jan-Emmanuel Ouedraogo ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 9-sentyabrdan buyon Fransiyaning Vagadugudagi Favqulodda va muhtor elchisi boʻlib kelgan Lyuk Halladedan mamlakatni rasman tark etishni talab qilgan, ammo buning sababini ochiq e'lon qilmagan.

O‘tgan oy Burkina-Faso Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy maktub yo‘llab, Vagadugu elchisi Halladeni chaqirib olishni so‘ragan edi.

Eslatma: Burkina-Faso Tashqi ishlar vazirligi 23 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti koordinatori Barbara Manzini hech qanday sabab ko‘rsatmasdan “persona non grata” deb e’lon qilgandi va undan zudlik bilan mamlakatni tark etishni so‘ragandi.

O‘tgan oyda esa, 2 nafar Fransiya fuqarosi josuslikda ayblanib, mamlakatdan deportatsiya qilindi va Fransiya radiosi "Radio France Internationale" (RFI) efiri to‘xtatilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar