Filippindagi tabiiy ofatda halok boʻlganlar soni 51 nafarga yetdi

Filippin, dunyoda, tabiiy ofatlardan eng koʻp ziyon koʻrgan davlatlardan biridir.

1926785
Filippindagi tabiiy ofatda halok boʻlganlar soni 51 nafarga yetdi

Filippinda ogʻir yogʻingarchilik yoʻl ochgan suv toshqinlarida halok boʻlganlar soni 51 nafarga yetdi.

Tabiiy ofat xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra toshqinda 51 kishi hayotdan koʻz yumib, 16 kishi tan jarohati olgan. Roppa-rosa 19 kishi esa bedarak yoʻqolgan va ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Bayonotda qurbonlarning 25 nafari Shimoliy Mindanaoda qayd etilgani ma’lum qilinar ekan ogʻir yogʻingarchilik yoʻl ochgan sellardan mamlakatning 34 viloyati bilan kamida 10 mintaqasi ziyon koʻrgani bildirildi.  

Voqea yuzasidan 600 ming kishi jabr koʻrgani, 51 ming 456 kishi uy-joyini tark etgani, 8 ming 600 kishi hamon evakuatsiya markazlarida ekani ta’kidlandi.

Shuningdek bayonotda, sel oqibatida 4 ming 500 uyning ziyon koʻrgani, koʻplab yoʻl va koʻpriklarning transportga yopilgani, ayrim hududlarga elektr va suv yetkazib berilmagani ham ifoda etildi.

Ayni paytda, Filippinda, Havo harakatini boshqarish markazida elektr ta’minotidagi uzilish, bir necha ichki va xalqaro qatnovlarning bekor qilinishi yoki kechiktirilishiga yoʻl ochdi.

Filippin havo hududidagi barcha qatnovlarni nazorat qilgan Havo harakatini boshqarish markazida kecha elektr energiyasi uzilgan.

Shu bois Manila aeroportida qariyb 300 ga yaqin ichki va xalqaro qatnovlar kechiktirilgan, bekor qilingan yoki boshqa aeroportlarga yoʻnaltirilgan.

Qatnovlardagi o‘zgarishlar tufayli 65 mingdan ortiq yo‘lovchi chorasiz qolgan.

Transport vaziri Xayme Bautista, matbuot anjumanida Havo harakatini boshqarish markazidagi elektr quvvatining uzilishi aloqa kanallari, internet, radio va radarlarga salbiy ta’sir qilganini bildirdi.

Bautista, ushbu vaziyatdan uzr soʻrab, rasmiylarning vaziyatdan jabr koʻrgan yoʻlovchilarga yordam berishga uringanini ifoda etdi.

Kun davomida havo harakati tizimining qayta tashkil etilishi bilan qatnovlar, poytaxt Maniladagi Ninoy Aquino aeroportidan davom etdi.

Shu bilan birga, yo‘lovchilarning muammolari hal qilinishi maqsadida havo yoʻli shirkatlaridan qatnovlar orttirilishi talab qilindi.

Rasmiylarning xabar berishicha, qatnovlar 3 kunda yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

 



Aloqador xabarlar