Filippindagi tabiiy ofatda halok boʻlganlar soni 49 nafarga yetdi

Filippin, dunyoda, tabiiy ofatlardan eng koʻp ziyon koʻrgan davlatlardan biridir.

1926251
Filippindagi tabiiy ofatda halok boʻlganlar soni 49 nafarga yetdi

Filippinda ogʻir yogʻingarchilik yoʻl ochgan suv toshqinlarida halok boʻlganlar soni 49 nafarga yetdi.

Tabiiy ofat xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra toshqinda 49 kishi hayotdan koʻz yumib, 16 kishi tan jarohati olgan. Roppa-rosa 22 kishi esa bedarak yoʻqolgan va ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Bayonotda qurbonlar va tan jarohati olganlarning yirik qismi Shimoliy Mindanaoda qayd etilgani ma’lum qilinar ekan ogʻir yogʻingarchilik yoʻl ochgan sellardan mamlakatning 34 viloyati bilan kamida 10 mintaqasi ziyon koʻrgani bildirildi.  

Voqea yuzasidan 553 ming 983 kishi jabr korgani, 51 ming 456 kishi uy-joyini tark etgani, 10 ming 147 kishi hamon evakuatsiya markazlarida ekani ta’kidlandi.

Har yili oʻrtacha 20 tayfun va boʻron kabi tabiiy ofatlar qayd etilgan Filippin, dunyoda, tabiiy ofatlardan eng koʻp ziyon koʻrgan davlatlardan biridir.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #sel qoshqinlari , #tabiy ofat

Aloqador xabarlar