Filippindagi suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 32 nafarga yetdi

Filippinda ogʻir yogʻingarchilik ortidan suv toshqinlari qayd etildi.

1925307
Filippindagi suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 32 nafarga yetdi

Filippinda ogʻir yogʻingarchilik ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 32 nafarga yetdi.

CNN xabariga koʻra, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi tomonidan berilgan bayonotda, toshqinda halok boʻlganlar soni 32 nafarga yetgan va 11 kishi tan jarohati olgan. Roppa-orsa 24 kishi esa bedarak yoʻqolgan.

Bayonotda, hayotdan koʻz yumgan 32 kishidan kamida 16 nafarining Mindanao viloyatidan ekani va mintaqaning falokatdan eng koʻp ziyon koʻrgan joylardan biri hisoblanishi ifoda etildi.

Unda shuningdek, mamlakatning kamida 6 ta mintaqasi jumladan 18 ta viloyatini oʻz ichiga olgan ogʻir yogʻingarchilik yoʻl ochgan sellarda taxminan 56 ming 110 kishi evakuatsiya qilingani qayd etildi. Taxminan 486 ming kishining ziyon koʻrgani va kamida 81 ming kishining vaqtinchalik turli boshpanalarda jon saqlagani ma’lum qilindi.

Tabiiy ofatda 4 ming 68 ta uy, 123 ta yo‘l va 12 ta ko‘prikning suv toshqinidan ziyon ko‘rgani, ko‘plab xonadonlarga elektr energiyasi yetkazib berilmagani ta’kidlanmoqda.

Har yili oʻrtacha 20 marotaba tayfun va boʻron kabi ofat qayd etilgan Filippin, tabiiy ofatlardan eng koʻp ziyon koʻrgan davlatlardandir.



Aloqador xabarlar