Filippindagi suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 25 nafarga yetdi

Filippin Milliy ofat agentligi noqulay ob - havo sharoiti tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 17 dan 25 nafarga chiqqani va ularning aksariyati choʻkib ketish oqibatida qayd etilganini bildirdi.

1924603
Filippindagi suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 25 nafarga yetdi

Filippinda hafta oxirida sodir boʻlgan suv toshqinlari va tuproq koʻchkilar oqibatida kamida 25 kishi halok boʻldi, bedarak yoʻqolgan 26 kishi esa haligacha qidirilmoqda.

Filippin Milliy ofat agentligi noqulay ob - havo sharoiti tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 17 dan 25 nafarga chiqqani va ularning aksariyati choʻkib ketish oqibatida qayd etilganini bildirdi.

Bedarak yoʻqolganlar soni esa 26 nafar ekani aytildi.

Agentlik vakili Diego Agustin, qurbonlarning koʻpchiligi baliqchilar ekanidan xabar berar ekan, sohil xavfsizlik guruhlari yetakchiligida qidiruv ishlari davom etayotganiga e’tibor qaratdi.

Roppa – rosa 80 mingdan ortiq inson evakuatsiya qilingan mamlakatda, 300 dan ortiq hudud suv ostida qolgan va 20 nuqtada tuproq ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

Davlat ob - havo agentligining xabar berishicha, haftaning payshanba kuniga qadar oʻrta va janubiy viloyatlarda yogʻingarchilik vaqti - vaqti bilan yengil va oʻrtacha shiddatda davom etadi.



Aloqador xabarlar