BMTXK Tolibonni ayol kishilar huquqini cheklagan siyosatdan voz kechishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi, Tolibonni ayol kishilar huquqini cheklagan siyosatdan voz kechishga chaqirdi.

1924699
BMTXK Tolibonni ayol kishilar huquqini cheklagan siyosatdan voz kechishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi, Tolibonning, ayollarni ijtimoiy hayotdagi ishtirokini cheklovchi qarorlari va amaliyotlarini bekor qilishga chaqirdi.

BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Tolibonning, ayollarni oliy oʻquv yurtlarida oʻqishini vaqtinchalik toʻxtatganidan xavotirda ekani ifoda etildi.

Afgʻonistonlik qizlarning oltinchi sinfdan keyin maktabga borishiga toʻsqinlik qiluvchi qarorni qoralagan bayonotda, Afgʻonistondagi ayollar va qizlarning mamlakatda toʻliq, teng va mazmunli ishtirok etishi talab qilindi.

Mazkur kengash Tolibonni maktablarni qayta ochishga, inson huquqlari va asosiy erkinliklarni hurmat qilishga hamda bu siyosat va amaliyotlarni tezlik bilan bekor qilishga chaqirdi.

Afg‘onistondagi nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlarda ayollarning ishga joylashishiga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishini talab qilgan Kengash, ushbu taqiqning mamlakatdagi insonparvarlik yordamlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Tolibon, 24-dekabr kuni nodavlat notijorat tashkilotlarning ayol kishi xodimlarni ishga qabul qilishni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatgandi.

Tolibon muvaqqat hukumati Iqtisodiyot vazirligi Matbuot xizmati kotibi Abdurahmon Habibning qayd etishicha, vazirlikning ushbu qarori mamlakatdagi barcha nodavlat notijorat tashkilotlarga yuborilgan va bu qarorga amal qilinishi kerak.

Bayonotda, ayol kishi xodimlari ishini toʻxtatmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilinishi qayd etilgan.

Tolibon muvaqqat hukumatining Oliy taʼlim vazirligi, 20 - dekabr kuni Afgʻonistondagi barcha oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba qizlarning ta’lim olishlarini, keying e’longa qadar toʻxtatganini ma’lum qilgandi.

O‘tgan yilning 15-avgustida Afg‘onistonni boshqara boshlagan Tolibondan keyin davlat va xususiy tarmoqlarda ishlayotgan koʻplab ayollar ham, ishdan boʻshatilgan.


Tanlangan kalimalar: #ayol kishilar , #BMTXK , #Afg‘oniston , #Tolibon

Aloqador xabarlar