Braziliyada ro'y bergan ko'chki oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyat rasmiysi Manoel Vasko ayni vaqtda qurbonlarning aniq sonini bilish qiyinligini, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etayotganini, ularning soni 30 dan 50 gacha ekanligini aytdi.

1913390
Braziliyada ro'y bergan ko'chki oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

 

Braziliyaning Parana shtatidagi trassada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi.

Shtatdagi BR 367-sonli trassada sodir bo‘lgan ko‘chkida 20 ga yaqin yengil va yuk mashinalari halokatga uchragani ma’lum qilindi.

Favqulodda vaziyat rasmiysi Manoel Vasko ayni vaqtda qurbonlarning aniq sonini bilish qiyinligini, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etayotganini, ularning soni 30 dan 50 gacha ekanligini aytdi.

Qidiruv-qutqaruv xodimlarining ta'kidlashicha, noqulay ob-havo sharoiti ishni qiyinlashtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar