Joko Vidodo: “Urushni toʻxtatishimiz kerak!”

Vidodo, Indoneziya mezbonligida 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tgan XVII G-20 Liderlar sammitida matbuot anjumani uyushtirdi.

1907277
Joko Vidodo: “Urushni toʻxtatishimiz kerak!”

Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo, dunyoning eng yirik 20 ta iqtisodiyoti vakillari ishtirok etgan G-20 sammitida liderlarga xitob etib, “urushni toʻxtatishimiz kerak!” – dedi.

Vidodo, Indoneziya mezbonligida 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tgan XVII G-20 Liderlar sammitida matbuot anjumani uyushtirdi.

O‘z nutqida, tunov kuni, Polshaning Ukraina chegarasidagi bir qishloqqa tushgan raketaga e’tibor qaratdi va mavzu haqida:

“Polshadagi vaziyat haqida tomonlarni sabrli bo‘lish va taranglikni orttiruvchi harakatlardan uzoq turishga chaqiraman”. - dedi.

Oxirgi vaqtlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida avj olgan taranglikka ham e’tibor qaratgan Indoneziya Davlat rahbari Vidodo:

“Har doim aytganimdek, urush halokatga olib keladi. Shu bois urushni to‘xtatishimiz kerak!” – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar