Xitoy Bosh vaziri Li Kitsyan mamlakati iqtisodiy islohotlar va ochiqlikni davom ettirishi bildirdi

Li Kambodja poytaxti Pnompen shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti doirasida Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ) direktori Kristalina Georgieva bilan yuzma-yuz uchrashdi.

1906042
Xitoy Bosh vaziri Li Kitsyan mamlakati iqtisodiy islohotlar va ochiqlikni davom ettirishi bildirdi

 

Xitoy Bosh vaziri Li Kitsyan mamlakati iqtisodiy islohotlar va ochiqlikni davom ettirishi haqida xabar berdi.

Li Kambodja poytaxti Pnompen shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti doirasida Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ) direktori Kristalina Georgieva bilan yuzma-yuz uchrashdi.

Uchrashuvda Li Xitoy eng yirik rivojlanayotgan davlat sifatida jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyaga katta ahamiyat berishini va modernizatsiyaning asosiy yoʻnalishi sifatida islohot va ochilishni davom ettirishini taʼkidladi.

Jahon iqtisodiyotining yuqori darajadagi iqtisodiy va moliyaviy integratsiyada ekanligiga va hech bir davlat paydo bo'lgan qiyinchiliklardan chetda qolmasligiga e'tibor qaratgan Li, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va turg'unlikning oldini olish uchun mamlakatlar o'rtasida makroiqtisodiy siyosatlarda muvofiqlashtirish zarurligini ta'kidladi.

Lining taʼkidlashicha, Xitoy butun dunyo boʻylab ortib borayotgan inflyatsiyaga qarshi masʼuliyat bilan harakat qiladi, epidemiya taʼsirini yumshatish uchun pul massasini nazoratsiz ravishda koʻpaytirishdan va global bozordan koʻp miqdorda oziq-ovqat va energiya xarid qilishdan qochadi.

Xitoy G20 davlatlarining Qarzlarni to'lashni kechiktirish tashabbusini qo'llab-quvvatlashda davom etishini ifoda etgan Li, XVFning davlat qarzlarini muvofiqlashtirishda faol rol o'ynashda davom etishini istashini ta'kidladi.

Xitoyning epidemiya davrida pul-kredit siyosati vositalarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash orqali to‘g‘ri munosabatda bo‘lganini, makroiqtisodiy chora-tadbirlari to‘g‘ri va samarali bo‘lganini ta’kidlagan Georgieva, XVF Pekin bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini aytdi.

 

 



Aloqador xabarlar