Venesuelada ko’chki oqibatida 22 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Venesuelada kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi esa  bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilindi.

1890480

Poytaxt Karakasning g‘arbida joylashgan Las Tejerias shahrida kuchli yog‘ingarchilik tufayli mintaqadagi ko‘plab daryolar toshib, ko‘chkilarga sabab bo’ldi.

Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges, ko'chkida 22 kishining hayotdan ko'z yumganini, bedarak yo'qolgan 50 dan ortiq kishini qidirish ishlari davom etayotganini bildirdi.

Falokatda hayotdan ko'z yumganlar orasida bolalar ham borligini ta'kidlagan Rodriguez, 3 kunlik milliy motam e'lon qilinganini bildirdi.

Rasmiylar, mintaqada bir yarim soatdan ortiq davom etgan kuchli yomg'ir tufayli ko'plab uylarning vayron bo'lganini, ba'zi aholi punktlarida elektr ta'minotida uzilishlar yuz berganini ma'lum qildi.

Voqea tufayli Las Tejerias shahri falokat hududi deb e'lon qilingan bo'lsa-da, qidiruv-qutqaruv va tozalash ishlari davom etmoqda.

Tanlangan kalimalar: #22 kishi halok , #Ko'chki , #Venesuela

Aloqador xabarlar