Rossiya va G‘arb o‘rtasida muzokara o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinishi mumkin

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, Rossiyaning, Ukraina masalasida muzokara o‘tkazib - o‘tkazmaslik masalasiga aniqlik kiritdi.

1890769
Rossiya va G‘arb o‘rtasida muzokara o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinishi mumkin

Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya va G‘arb o‘rtasida muzokara o‘tkazish imkoniyatini Qozog‘iston poytaxti Ostonada muhokama qilishlari mumkin.

Kreml Matbuot xizmati kotibi Peskov, Rossiyaning, Ukraina masalasida muzokara o‘tkazish uchun G‘arbdan taklif olmaganini ma’lum qildi.

Peskov bu haqida:

“Hozircha aniq emas. Qanday natija olinishini anglashimiz lozim”,-dedi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning, Rossiya va G‘arb o‘rtasida muzokara o‘tkazish imkoniyatini Qozog‘iston poytaxti Ostonada muhokama qilishlari mumkinligini ham ifoda etgan Dmitriy Peskov, Ukrainadagi hujumlar haqida esa:

“Bularning hammasi maxsus harbiy amaliyot doirasida olib borilmoqda. Albatta, amaliyotlarning muhim qismlari bosh qo‘mondonga xabar berilmagan holda yuritilmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar