Bolgariyaga tegishli Su-25 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Su-25 rusumli qiruvchi samolyot mamlakat sharqidagi Bezmer aviabazasi hududida o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchragan. Samolyot uchuvchisi omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan.

1886019
Bolgariyaga tegishli Su-25 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

 

Bolgariya harbiy-havo kuchlariga tegishli Su-25 rusumidagi qiruvchi samolyot mamlakat sharqida qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi.

Halokatda uchuvchi tirik qolgan.

Bosh prokuror kotibi Siyka Milevaning ma'lum qilishicha, Su-25 rusumli qiruvchi samolyot mamlakat sharqidagi Bezmer aviabazasi hududida o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchragan.

Uning aytishicha, samolyot uchuvchisi omon qolgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Samolyotning butunlay yonib ketganini qayd etgan Mileva, halokat sabablarining o'rganilayotganiga urg'u berdi.

Bolgariya harbiy-havo kuchlari tarkibidagi barcha 8 ta Su-25 samolyotlari 2021 yilda Belarusda ta'mirlangan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan eski samolyotlardan foydalanadigan Bolgariya havo kuchlari 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi ochgan urushi tufayli samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

2021 yilda Bolgariya harbiy-havo kuchlarida samolyotlar bilan bog‘liq 43 ta muammo yuzaga keldi.


Tanlangan kalimalar: #Su-25 , #Bolgariya

Aloqador xabarlar