Ukraina oziq-ovqat inqirozi bilan kurashayotgan Efiopiya bilan Somaliga bugʻdoy yubordi

Ukraina, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Oziq-ovqat dasturini (WFP) qoʻllab-quvvatlash maqsadida ba’zi oʻlkalarga 120 ming tonna bugʻdoy yuborilganini bildirdi.

1883707
Ukraina oziq-ovqat inqirozi bilan kurashayotgan Efiopiya bilan Somaliga bugʻdoy yubordi

Ukraina oziq-ovqat inqirozi bilan kurashayotgan Sharqiy Afrika mamlakatlaridan Efiopiya va Somaliga 50 ming tonna bugʻdoy yuborganini ma’lum qildi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Oziq-ovqat dasturini (WFP) qoʻllab-quvvatlash maqsadida ba’zi oʻlkalarga 120 ming tonna bugʻdoy yuborilganini bildirdi. Ular orasida, Efiopiya va Somali ham bor.

Bayonotda, yuborilgan bugʻdoydan 50 ming tonnasining Somali bilan Efiopiyaga yetib borgani qayd etidli.

Yordamning, yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlardagi gumanitar inqirozga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ekani ifoda etildi.

Ukrainadan Sharqiy Afrika mamlakatlariga yuborilgan birinchi don kemasi, 30- avgust kuni Jibutiga yetib borgandi.

Afrika qit’asining sharqida, 1980-yillardan beri sodir bo‘lgan eng kuchli qurg‘oqchilik, qariyb 13 million kishini ochlikka mahkum qildi.

Bundan uch yil muqaddam ya’ni 2019-yili cho‘l chigirtkalari bosib ketishi ortidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi pasayib, oziq-ovqat inqirozi boshlagan mintaqada, ketma-ket kuzatilgan yog‘ingarchilik davrida ham uning kutilganidan ancha past bo‘lishi, yangi oziq-ovqat inqirozini paydo qildi.

 

 



Aloqador xabarlar