Kobulda sodir etilgan bombali hujumda ikki kishi halok bo‘ldi

Kecha poytaxt Kobulda sodir etilgan bombali hujumda ikki kishi halok bo‘ldi.

1874418
Kobulda sodir etilgan bombali hujumda ikki kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan bombali hujumda ikki kishi halok bo‘ldi.

Tolibon ma’muriyatining Kobul politsiya boshqarmasi voizi Xolid Zadran, matbuotga bergan bayonotida, Kobulning Kotal Hayirhane hududida bomba yuklangan avtomobil portlatilgan.

Hujumda ilk aniqlashlarga ko‘ra 2 kishining hayotdan ko‘z yumganini ifoda etgan Zadran, 3 kishining esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Hozircha hech kim hujum javobgarchiligini o‘z zimmasiga olmadi.

Guvohlarning aytishicha, hujum Tolibon karvonini nishonga olgan.

Boshqa tomondan, Tolibon ma’muriyati Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondan chiqib ketishining bir yilligi munosabati bilan tunov kuni va kecha turli tadbirlar va kortej yurishlari uyushtirdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Tolibon , #bombali hujum

Aloqador xabarlar