Londonda BMT Xavfsizlik Kengashi islohot paneli bo’lib o’tdi
Prezidentlik Aloqa Boshqarmasi Angliyaning poytaxti Londonda "Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi islohoti; Xalqaro tartibni qayta tiklashga yondashuv" mavzusida panel o'tkazdi.
Prezidentlik Aloqa Boshqarmasi Angliyaning poytaxti Londonda "Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi islohoti; Xalqaro tartibni qayta tiklashga yondashuv" mavzusida panel o'tkazdi.
Panelga Turkiya va Angliyadan akademik va yozuvchilar ishtirok etdi.
Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) Vashington D.C. Tadqiqot Direktori Dotsent (Dr.) Kilich Bug'ra Kanat, BMTni isloh qilish uchun olti oy oldin bir loyiha boshlaganliklarini va bu doirada, xalqaro yo'l xaritasini qanday belgilash borasida akademiklar bilan hamkorlik qilganliklarini aytdi.
Istanbul Oltinbosh universiteti rektori va Prezidentlik xavfsizlik va tashqi siyosat qo'mitasi a'zosi professor Dr. Chag’iri Erhan, 24 fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini misol qilib keltirar ekan, BMTning hozirgi tuzilmasi bilan xalqaro inqirozni hal qilishga deyarli imkon bermaydi deya ta'kidladi. Xavfsizlik Kengashida veto qo'yish huquqiga ega bo'lgan besh a'zo davlatdan biri Rossiya deya qayd etdi.
Erhan, o'zgarib borayotgan global sharoitda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an "Dunyo beshdan katta" jumlasi bilan qariyb 10 yil oldin ilgari surgan pozitsiyasi butun dunyoda tobora ko'proq davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini qayd etdi.
Muallif, tahlilchi, sobiq professor Pol E. M. Reynolds,
"(Birlashgan Millatlar Tashkiloti) Falastin misolida bo'lgani kabi me'yorlar va qadriyatlarni qo'llamaslik va islohotga bo'lgan ehtiyojni yaqqol ko’rsatmoqda deya ." qayd etdi.
Oldini fikrlash nomidagi tushuncha tashkilotining asoschisi va direktori Oliver MakTernan BMT tuzilmasi va davlatlar vakilligi imkoni bo’lgani qadar tezroq isloh qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Aloqador xabarlar
Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi
Armanistonda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilindi.