Bolqon mamlakatlarida koronavirusdan o'lim holatlari ko'paymoqda

Serbiya Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, mamlakatda oxirgi bir sutkada 7 ming 61 nafar yangi holat qayd etilgan va 14 kishi vafot etgan.

1866889
Bolqon mamlakatlarida koronavirusdan o'lim holatlari ko'paymoqda

 

Bolqon mamlakatlarida, jumladan Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chernogoriya va Bosniya-Gertsegovinada koronavirus tarqalishi va o'lim holatlari ko'paymoqda.

Serbiya Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qilishicha, mamlakatda oxirgi bir sutkada 7 ming 61 nafar yangi holat qayd etilgan va 14 kishi vafot etgan.

Sloveniyada esa, so'nggi 24 soat ichida koronavirusga chalinish bilan bog'liq 1614 ta yangi holat qayd etilgan va 6 kishi vafot etgan.

Omicron variantiga qarshi kurashayotgan Xorvatiyada oxirgi 24 soat ichida 15 kishi vafot etgan, 1583 kishida virus aniqlangan.

Turizm mavsumi taʼsirida Kovid-19 holatlarida oʻsish kuzatilgan Chernogoriyada soʻnggi 24 soat ichida kasallanganlar soni 789 taga yetgan.

Bosniya-Gertsegovinada so'nggi bir sutkada qurbonlar soni 6 deb e'lon qilingan, 555 kishi virusga chalingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Bolqon

Aloqador xabarlar