Abdulmajid Tabbun: Turkiya Jazoirdagi eng muhim investorlardan biri

Abdulmajid Tabbun mahalliy ommaviy axborot vositasi vakillari bilan o‘tkazgan yillik yig‘ilishda, ichki va tashqi kun tartibi haqida bayonotlar berdi.

1861980
Abdulmajid Tabbun: Turkiya Jazoirdagi eng muhim investorlardan biri

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun, Turkiyaning yurtidagi eng muhim investorlaridan biri ekanini qayd etdi.

Abdulmajid Tebbun mahalliy ommaviy axborot vositasi vakillari bilan o‘tkazgan yillik yig‘ilishda, ichki va tashqi kun tartibi haqida bayonotlar berdi.

Jazoir davlat telekanalida efirga uzatilgan uchrashuvda Tebbun, yurtining Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlarini ham baholadi.

Unda Turkiyaning Jazoirdagi eng muhim investitisya kiritgan davlatlardan biri ekanini ta’kidlagan Tabbun,

“Turkiyaning Oran (Vahran) shahrida po‘lat ishlab chiqarishi, mamlakatdagi barcha po‘lat ishlab chiqarish faoliyatini ikki barobarga oshirdi. To‘qimachilik tarmog‘idagi sarmoya ham huddi shunday. Turkiyadan boshqa sarmoyalar ham kelmoqda”.-dedi.

Jazoir Prezidenti mavzu haqida shuningdek:

“Haqiqat shuki, biz o‘zaro munosabatlarni rivojlantirdik. Bu vaziyat har ikki davlatning ham manfaati uchundir. Chunki Jazoirning Turkiya bilan aloqalarini rivojlantirishi, ikkala davlatning tarixiy aloqalarining aksidir”.degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Jazoir , #Abdulmajid Tebbun , #investor

Aloqador xabarlar