Moskvadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Poytaxt Moskvaning janubi-sharqidagi mehmonxonada yong‘in chiqdi.

1860916
Moskvadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda sakkiz kishi halok bo‘ldi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, poytaxt Moskvaning janubi-sharqidagi mehmonxonada yong‘in chiqqani bildirildi.

Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yongʻin oqibatida 8 kishi halok boʻlgan, 4 kishi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Mehmonxonada yong‘in signalizatsiyasi borligi ammo uning ishlamagani ma’lum bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Moskva , #mehmonxona , #yong‘in

Aloqador xabarlar