Kolumbiyaning Ekvador bilan chegarasida 5,7 ball zilzila sodir bo’ldi
Kolumbiyaning Ekvador bilan chegarasida sodir bo‘lgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida bir kishi tan jarohati oldi, 30 ta uy vayron bo‘ldi.
Kolumbiyaning Ekvador bilan chegarasida sodir bo‘lgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida bir kishi tan jarohati oldi, 30 ta uy vayron bo‘ldi.
Ekvador Geofizika instituti 13 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila markazi poytaxt Kitodan 120 kilometr uzoqlikdagi San-Gabriel shahrida ekanligini ma’lum qildi.
Ekvador rasmiylari, 5,7 magnitudali zilzila tufayli chegaradagi Montufar, Espexo va Tulkan shaharlarida 30 ta uyning zarar ko'rganini, bir kishining jarohatlanganini ma'lum qildi.
Xavf xizmati (fuqarolik mudofaasi) direktori Kristian Torres Twitter’dagi sahifasida qidiruv-qutqaruv guruhi hududga jo‘nab ketganini ma’lum qildi.
Kolumbiya tomonida esa zilzila oqibatida hech qanday inson va mol-mulk yo'qolmagani ma'lum qilindi.
Aloqador xabarlar
G‘azoga parashyutlar orqali oziq - ovqat to‘ldirilgan qutilar tushirildi
Xon Yunusning Mevasi hududiga samolyotlar yordamida insonparvarlik yordami yuborildi.