Tolibonning inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygani qayd etildi

BMTning Afg‘onistondagi Yordam missiyasi (UNAMA), “Afg‘onistonda inson huquqlari” deb nomlangan hisobotida Tolibonning, mamlakatdagi inson huquqlari ahvoliga oid xulosalarini bo‘lishdi.

1857696
Tolibonning inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygani qayd etildi

Afg‘onistondagi “Tolibon” boshqaruvining inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygani qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi Yordam missiyasi (UNAMA), “Afg‘onistonda inson huquqlari” deb nomlangan hisobotida Tolibonning, boshqaruvni o‘z qo‘liga olganidan keyingi 10 oylik davrda mamlakatdagi inson huquqlari ahvoliga oid xulosalarini bo‘lishdi.

2021-yilning 15-avgustidan 2022-yilning 15-iyunigacha boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotda Afgʻonistonning amaldagi boshqaruvining sudsiz qatllar, qiynoqlar, oʻzboshimchalik bilan hibsga olishlar, nazorat ostiga olishlar va shafqatsiz muomalalarga qo‘l urganliklari ifoda etildi.

Shuningdek hisobotda, Afg‘onistonda so‘z erkinligi va ayollar huquqlari sohasida jiddiy inqiroz kuzatilayotgani bildirildi.

Maʻlumotlarga koʻra, nomi tilga olingan jarayonda DEAShning Afgʻonistondagi qanoti DEASh-H tomonidan qoʻl urilgan hujumlarda 700 kishi halok boʻlar ekan 1 ming 406 kishi tan jarohati olgan.

Hisobotga ko‘ra Tolibon avvalgi hukumat a’zolari va xavfsizlik kuchlariga nisbatan 160 ta sudsiz qotillik, 178 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, 23 ta yakkalik kamera, 56 ta qiynoq va shafqatsiz munosabatga qo‘l urgani qayd etilgan.

Tolibon boshqaruvi 217 kishiga nisbatan “gʻayriinsoniy jazo” qoʻllangan va 118 marta ortiqcha kuch ishlatgan.

Inson huquqlari paymollaridan 173 nafar jurnalist ziyon ko‘rgan. Besh nafari DEASh-H, bir nafari esa kim ekani noma’lum bir kishi tomonidan jami 6 jurnalist oʻldirilgan.

Jurnalistlarga nisbatan 122 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish masalasi qayd etilgan. Undan tashqari 58 ta shafqatsiz munosabat, 33 ta tahdid va 12 ta yakkalik kamera ro‘yhatga olingan. Ushbu voqealardan 65 nafar inson huquq himoyachisi salbiy ta’sir ko‘rgan. Ulardan 47 nafari hibsga olingan, 17 nafari esa yakkalik kamerasiga chiqarilgan.

Tolibon Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid o‘zining shaxsiy Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida, mazkur xabarning haqiqatni aks ettirmasligini bildirdi.

Mujohid:

“Mamlakatda oʻzboshimchalik bilan oʻldirish yoki hibsga olish holatlari yoʻq. Kimdir oʻzboshimchalik bilan oʻldirgan yoki hibsga olgan boʻlsa, unda ular aybdor deb hisoblanadi va shariat qonunlari boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. UNAMAning bu boradagi hisoboti notoʻgʻri va targʻibotdan boshqa narsa emasdir”.-degan ifodalarga o‘rin bergan.


Tanlangan kalimalar: #inson huquqlari , #Afg‘oniston , #Tolibon , #BMT

Aloqador xabarlar