Pokiston liderlari, Turkiya va turk xalqini qo’llab-quvvatlash va birdamliklarini takrorladi

Pokiston liderlari, 15-iyul Demokratiya va Milliy birlik bayrami doirasida Turkiya va turk xalqini qo’llab-quvvatlash va birdamliklarini takrorladi.

1855536
Pokiston liderlari, Turkiya va turk xalqini qo’llab-quvvatlash va birdamliklarini takrorladi

 

Pokiston liderlari, 15-iyul Demokratiya va Milliy birlik bayrami doirasida Turkiya va turk xalqini qo’llab-quvvatlash va birdamliklarini takrorladi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Twitter sahifasida bergan bayonotida, 15 iyul Turkiya xalqining Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an rahbariyatiga bo'lgan cheksiz ishonchining ifodasi sifatida esda qolishini bildirdi.

Sharif, 15-iyul Turk millatining demokratiyani qo'llab-quvvatlash va himoya qilishdagi qat'iyatini aks ettirganiga diqqat qaratdi.

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon Twitter’dagi sahifasida Prezident Erdo‘g‘anni va turk xalqini 15 iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni bilan tabrikladi.

“2016-yilning 15-iyul kuni Prezident Erdog’an turk xalqining qo’llab-quvvatlashi bilan o’ziga qarshi to’ntarish tashabbusi barbod bo’lgan kun sifatida nishonlanadi”. İfodasiga o’rin berdi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Turkiya va turk xalqiga cheksiz birdamlik va kuchli dastak yana bir bor ta'kidlandi.

Bayonotda, turk xalqining 2016-yil 15-iyuldagi xoin toʻntarish tashabbusiga qarshi qahramonona kurashi, millatlarning birdamlik, jasorat va qatʼiyat  bilan barcha qiyinchiliklarni yengib oʻta olishini koʻrsatgani taʼkidlandi.

Turkiya va Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar mushtarak diniy, madaniy, til va maʼnaviy merosga singib ketganiga eʼtibor qaratilib, ikki davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik munosabatlar siyosiy rahbariyatning qatʼiy qarori bilan yanada mustahkamlanib borishi qayd etildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar