Covid-19 haligacha global favqulodda holat kategoriyasida qo‘lga olinmoqda

JSST yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasini, haligacha global favqulodda holat kategoriyasida qo‘lga olmoqda.

1855017
Covid-19 haligacha global favqulodda holat kategoriyasida qo‘lga olinmoqda

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasini “global favqulodda holat” deb ta’riflashni davom ettirish haqida qaror qabul qildi.

Tashkilot tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, 8-iyul kuni JSST Favqulodda qo‘mitasi Covid-19ni muhokama qilish ustidan yig‘ilish o‘tkazgan.

Unda, qo‘mita tomonidan Covid-19ni Xalqaro xavotirga molik favqulodda holat (PHEIC) kategoriyasida baholash bo‘yicha tavsiyanoma berilgan va bu taklif qabul qilingan.

Bundan tashqari JSSTning Jenevadagi markazida uyushtirilgan matbuot anjumanida tashkilot bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus, o‘tgan hafta dunyo miqyosida Covid-19 tufayli qurbonlar soni ortganiga to‘xtalgan holda:

“Covid-19 yuzasidan qayd etilayotgan o‘lim holatlarining, sog‘liqni saqlash tizimlari va tibbiyot xodimlari uchun tug‘dirayotgan qiyinchiliklaridan xavotirdaman”.-dedi.

Gebreyesus, Omicronning BA.4 va BA.5 subvariantlari butun dunyoda kasallanishlar sonining ortishiga turtki berishni davom etayotganini taʼkidlar ekan ayni vaqtda, “Virus kuzatuvidagi kamayish variantlarning qanday yuqishi, kasallikka yo‘l ochish ehtimoli va virusga qarshi kurashning samaradorlik darajasini anglashga monelik qilmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Butun dunyoda to‘rt haftadan beri ketma-ket Covid-19 holatlari ko‘payib borayotganini ta’kidlagan Gebreyesus, JSSTga a’zo mamlakatlarga, Covid-19 ga qarshi kurashish vositalaridan biri bo‘lgan test, genomlar ketma-ketligi va vaksinadan foydalanishni davom ettirishga chaqirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Omikron , #Covid-19

Aloqador xabarlar