Shvetsiya Turkiya bilan tuzilgan kelishuvga amal qilishini bildirdi

Magdalena Andersson, “Almedalen” siyosat forumida Shvetsiyaning Turkiya bilan tuzgan kelishuvi haqida gapirdi.

1851418
Shvetsiya Turkiya bilan tuzilgan kelishuvga amal qilishini bildirdi

Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, Turkiya bilan terroristlarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha tuzilgan kelishuvga amal qilishlarini bildirdi.

Magdalena Andersson “Almedalen” siyosat forumida bergan bayonotida, ushbu kelishuvning mazmuni haqida ma’lumot bermasligini bildirgan holda:

“Turkiya bilan tuzilgan kelishuv va ekstraditsiyalar bo‘yicha kelishuvga amal qilamiz”,-dedi.

Terror faoliyatiga aloqasi bo‘lmaganlarning xavotirlanishiga hojat yo‘qligini ifoda etgan Andersson, “Shvetsiya fuqarosi bo‘lganlar, milliy va xalqaro qonunlarga ko‘ra ekstraditsiya qilinmaydi. Agar terror faoliyatida ishtirok etmagan bo‘lsangiz, unda xavotirlanishga hojat yo‘q”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Andersson, o‘tgan hafta Ispaniyada uyushtirilgan NATO Liderlar sammiti oldidan Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik jarayonlari haqida Turkiya bilan qo‘l qo‘yilgan uch tomonli memorandumda, Turkiyaga ancha yon berilgani va bu vaziyatning jamoatchilik o‘rtasida qattiq tanqidga uchragani haqidagi savolarga esa javob bermadi.



Aloqador xabarlar