Rossiya Ukraina bilan davom etayotgan urushda yana G‘arbni aybladi

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, “Rossiya 1” telekanali dasturlaridan birida mehmon bo‘ldi.

1851661
Rossiya Ukraina bilan davom etayotgan urushda yana G‘arbni aybladi

Rossiya Ukraina bilan davom etayotgan urushda yana G‘arbni aybladi.

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, “Rossiya 1” telekanali dasturlaridan birida mehmon bo‘ldi.

Urushni cho‘zishi uchun G‘arbning Ukrainaga bosim o‘tkazayotganini iddio etgan Dmitriy Peskov:

“G‘arbliklar tinchlik va muzokaralardan manfaatdor emas, ular urushni cho‘zishga urinmoqda”,-dedi.

Peskovning qayd etishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarligida ukrainaliklarga tinchlik haqida o‘ylash va gapirishga ruxsat berilmagan.

G‘arblik yetakchilarining so‘nggi vaqtlarda bergan bayonotlari haqidagi savolga javob bergan Dmitriy Peskov:

“Endilikda vaziyatni yumshatish tashabbuslariga bo‘lgan talab kamaydi. Ammo ertami-kechmi sog‘lom fikr g‘alaba qozonishiga shubhamiz yo‘q. Va yana muzokara qilish vaqti keladi ammo eng avvlo ukrainaliklar bizning barcha shartlarimizni yana bir bor tushunishlari, ularga rozi bo‘lishlari, stolga o‘tirishlari va bir necha jihatdan bugungacha kelishib olingan hujjatni tuzatishi kerak”.- degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rus matbuot kotibi sovzlari yakunida: “Yevropalik yetakchilar faqatgina oʻz mamlakatlarining manfaatlarini oʻylaydi”,- dedi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

Bundan tashqari Dmitriy Peskov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning bugun nishonlanayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik maktubi yo‘llamasligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Dmitriy Peskov , #G‘arb , #Rossiya 1

Aloqador xabarlar