Hindistonda 30-iyun kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, viloyatning Noney tumanidagi Tupul temir yo‘li qurilish maydonchasidagi ko‘chkidan keyin 20 kishi bedarak yo‘qolgan.

1851304
Hindistonda 30-iyun kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi.

 

Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtatida 30-iyun kuni sodir bo‘lgan ko‘chkida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, viloyatning Noney tumanidagi Tupul temir yo‘li qurilish maydonchasidagi ko‘chkidan keyin 20 kishi bedarak yo‘qolgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarining beshinchi kunida tabiiy ofatda hayotdan ko'z yumganlar soni 37 dan 42 nafarga ko'tarilgani bildirildi.

Yuqori martabali rasmiy Solomon Fimate bayonotida,

"Qutqaruv ishlari davom etmoqda va hozirgacha 18 kishi qutqarib olindi. Yo'qolganlarning tirikligiga umid kam." dedi.

Hayotini yo'qotganlarning 24 nafarining Mintaqaviy armiya (TA) a'zosi ekanligi, 13 nafar armiya xodimi va 5 nafar tinch aholining qutqarilgani ma'lum qilindi.

Kuchli yomg'ir tufayli mintaqadagi bo'shashgan yerning qidiruv-qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgani bildirildi.

Manipur shtati bosh vaziri Nongtombam Biren Singx falokatni “shtatda kuzatilgan eng yomon ofat” deb ta’rifladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar