Shvetsiya Turkiya bilan tuzilgan kelishuvni yuz foiz bajarishini bildirdi

Magdalena Anderssonning qayd etishicha, Shvetsiya Turkiya bilan tuzilgan kelishuvni yuz foiz bajarishini bildirdi.

1850530
Shvetsiya Turkiya bilan tuzilgan kelishuvni yuz foiz bajarishini bildirdi

Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, Turkiya bilan tuzilgan kelishuvning yuz foiz orqasida ekanliklarini bildirdi.

Magdalena Andersson SVD gazetasiga bergan bayonotida:

“Turkiya bilan (NATO Davlat va Hukumat rahbarlari sammiti doirasida, Shvetsiya bilan Finlandiyaning ittifoqqa aʼzoligini qabul qilish uchun) tuzilgan kelishuvning yuz foiz orqasidamiz”,-dedi.

Turkiyaning avval ham (Shvetsiyadagi terroristlarning) ekstraditsiya talablari bo‘lganini qayd etgan Andersson

“Albatta, kelishuvda nima boʻlsa bajariladi. Turkiyaning avval ham ekstraditsiya boʻyicha talablari bo‘ldi, biz ular bilan shugʻullandik. Baʼzilarini deportatsiya ham qildik, ko‘pincha esa yo‘q. Kelishuvni yuz foiz bajaramiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar