Rossiya Odessaga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi

Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi.

1850697
Rossiya Odessaga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi

Ukrainaning Odessa viloyatida Rossiya armiyasi tomonidan hujum uyushtirildi va oqibati 17 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Odessa viloyat Harbiy boshqarmasi Matbuot xizmati kotibi Sergey Bratchuk, Rossiya armiyasining Odessaga qarshi ikki marotaba raketa orqali hujum uyushtirgani va oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra 17 kishining jon bergani, 31 kishining esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha Rossiya armiyasining ushbu hujumlaridan biri ko‘p qavatli uylardan biriga borib tekkan va 14 kishining umriga, 30 kishining esa sog‘lig‘iga zomin bo‘lgan. Ikkinchisi esa shahardagi dam olish ta’sisiga borib tegib, u yerdagi 3 kishining umriga, 1 kishining esa sog‘lig‘iga zomin bo‘lgan. Bu nuqtada jon berganlardan birining esa yosh bola ekani ifoda etildi.  

Bratchuk, hujum sodir bo‘lgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Odessa , #Sergey Bratchuk , #Rossiya , #hujum

Aloqador xabarlar