Putin oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyatga e'tibor qaratdi

Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgan Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo bilan poytaxt Moskvada uchrashdi.

1850591
Putin oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyatga e'tibor qaratdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat ayanchli holga kelmasligi uchun chora ko‘rilishi kerakligini qayd etdi.

Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgan Indoneziya Davlat rahbari Joko Vidodo bilan poytaxt Moskvada uchrashdi.

Uchrashuvning matbuotga ochiq qismida bir qator bayonotlar bergan Putin, global oziq-ovqat inqiroziga to‘xtalib, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) chop etgan pul orqali oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilib olingani va shu bois nomi tilga olingan mahsulotlar narxi oshganini bildirdi.

Buning rivojlanayotgan mamlakatlar ahvolini yomonlashtirganiga e’tibor qaratgan Putin, “Oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat ayanchli holga kelmasligi uchun chora ko‘rilishi kerak”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Putin, Rossiyaning Ukrainaning don mahsulotlari eksportiga to‘siqlik qilmaganini yodga solgan holda: “Ukraina yetakchiligi portlarining kiraverishiga mina joylashtirdi. Ularning tozalanishi va u yerdan olib chiqilishiga hech kim monelik qilayotgani yo‘q. Xavf tug‘dirmaslikni kafolatlaymiz”.-deya gapirdi.

Shuningdek, don mahsulotlarini Ukrainadan Ruminiya, Polsha, Belarusiya va Azov dengizi portlari orqali eksport qilinishi mumkinligini va bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) vakillari bilan aloqada ekanliklarini bildirdi.

Rus lider, dunyoda 800 million tonna don yetishtirilayotganiga e’tibor qaratgan holda:

“Rossiya o‘tgan yili tashqi bozorga 40 million tonna don yetkazib bergan bo‘lsa, bu yil 50 million tonna don yetkazib berishga tayyor”.-dedi.

Indoneziya Davlat rahbari Vidodo esa Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida 24-fevralda boshlagan urushning, dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarini tashishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini bildirdi.

Mavzu haqida shuningdek:

“Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, Ukrainaning esa don mahsulotlarisiz dunyoning oziq-ovqat masalasini qayta tiklash imkonsizdir”.-deya gapirdi.

Vidodo, G-7 tarkibidagi davlat liderlaridan oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘g‘itlar ustidan sanksiyalar kiritilmasligini talab qilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar