Bangladeshdagi sel tufayli insonlar suvdan yuqadigan kasalliklarga chalindi

Bangladeshdagi sel, og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 3 kundan beri davom etmoqda.

1847721
Bangladeshdagi sel tufayli insonlar suvdan yuqadigan kasalliklarga chalindi

Bangladeshda og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan paydo bo‘lgan sel tufayli halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra shimoli-sharqdagi Silxet viloyatida 46 kishi, shimoliy va markaziy Mimensingh mintaqasida 18 kishi, shimoliy Rangpur mintaqasida 4 kishi halok boʻldi.

Nomi tilga olingan mintaqalarda oxirgi 3 kunda davom etgan sel tufayli 4 mingdan ortiq kishi suvdan yuqadigan kasalliklarga chalindi.

Seldan salbiy ta’sir koʻrgan mintaqalarda insoniy inqiroz ham qayd etila boshladi.

Oziq-ovqat va ichimlik suvi tarqatish ishlarida armiya a’zolari ham qatnashdi.

Ushbu sel falokati tufayli viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi maydonlari ham ziyon ko‘rar ekan Silxet viloyatidagi 56 ming gektarlik sholizorga katta ziyon yetdi.



Aloqador xabarlar