Turk Qizil yarim oy jamiyati Afg’onistonda zilziladan jabr ko’rgan 500 oilaga oziq-ovqat jo’natdi

Turk Qizil yarim oy  jamiyati  Afg’onistonning Paktika viloyatida kecha sodir bo’lgan 5,9 magnitudali zilziladan jabr ko’rgan 500 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari jo’natdi.

1847157

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan berilgan bayonotda, muassasaning mintaqadagi delegatsiyasi tarkibidagi guruhlar  zilziladan jabrlanganlarning ehtiyojlari uchun safarbar qilinganligi qayd etildi.

Bayonotda, Turk Qizil Yarim oy jamiyati  Afg'oniston delegatsiyasi tarkibidagi guruhlar zilzila zonasidagi 500 oilaga oziq-ovqat mahsuloti bo'lgan paketlar jo'natganligi va zilzila hududiga yetib borganidan keyin yordam tarqatishni boshlaydigan guruhlarning ham keng qamrovli yordam ko'rsatishi qayd etildi.

Bayonotda, ehtiyojlar aniqlangandan keyin zilziladan jabrlanganlar uchun oziq-ovqat yordam materiallari jo'natish va shoshilinch insonparvarlik yordam faoliyatlari davom ettirilishi qayd etildi

Mintaqada zilzila oqibatida minglab odamlar halok bo'ldi.

Aloqador xabarlar