Ukrainani mudofaa qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

NATO qarorgohida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin mezbonligida o‘tkazilgan yig‘ilishda dunyoning 45 davlati ishtirok etdi.

1844339
Ukrainani mudofaa qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) yetakchiligidagi “Ukrainani mudofaa qilish bo‘yicha aloqa guruhi” NATO yig‘ilishida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

NATO tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, kecha boshlagan NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishi oldidan NATO qarorgohida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin mezbonligida o‘tkazilgan yig‘ilishda dunyoning 45 davlati ishtirok etdi.

Bosh kotib Yens Stoltenberg va Ukraina Mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov ham ishtirok etgan yig‘ilishda, Ukrainaning tez kunlarda qanday harbiy jihozlarga ehtiyojlari borligi muhokama qilindi.

Yens Stoltenberg ittifoqchi davlatlarning Ukrainani qoʻllab-quvvatlagan yangi bayonotlaridan mamnun ekanini, NATO davlatlarining esa Ukrainaga og‘ir harbiy qurollar va uzun stvolli tizimlar doxil harbiy materiallar yetkazib berishda davom etishini bildirdi.

Stoltenberg, 28-30 iyun kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida, ittifoqchilarning Ukrainaga keng qamrovli yordam paketi yetkazib berish ustidan kelishib olishlarini bildirdi.

“Ukrainani mudofaa qilish bo‘yicha aloqa guruhi”, Ukrainaga yetkazib beriluvchi yordamni muvofiqlashtirish uchun avval ham ikki marta yig‘ilish o‘tkazgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #og‘ir harbiy qurollar , #NATO , #AQSh

Aloqador xabarlar