Chernogoriya va Albaniya bosh vazirlari Kiyevga tashrif buyurdi

Chernogoriya va Albaniya bosh vazirlari Dritan Abazovich va Edi Rama Ukraina poytaxti Kiyevda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

1844168
Chernogoriya va Albaniya bosh vazirlari Kiyevga tashrif buyurdi

 

Chernogoriya va Albaniya bosh vazirlari Dritan Abazovich va Edi Rama Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Abazovich va Rama Ukraina poytaxti Kiyevda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Qo'shma matbuot anjumanida so'zga chiqqan Abazovich, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish jarayonini qo'llab-quvvatlashini, Chernogoriya Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam berishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Chernogoriya bosh vaziri mamlakatida 10 ming ukrainalik muhojir borligini aytdi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama esa, o'z navbatida Ukrainaning Yevroittifoqqa nomzod maqomiga ega bo'lishiga tilak bildirib, "Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqida" dedi.

Zelenskiy Chernogoriya va Albaniya hukumatlariga ushbu haqli kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Chernogoriya va Albaniya bosh vazirlari ayni vaqtda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan ham uchrashdi.

Yetakchilar Ukrainada urush boshlagandan beri shiddatli toʻqnashuvlar sodir boʻlayotgan Irpin va Borodyanka viloyatlariga ham tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan tanishdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Edi Rama , #Ukraina , #Albaniya , #Chernogoriya

Aloqador xabarlar