Burkina-Fasoning Sahel hududida 50 kishining jasadi topildi

Hukumat matbuot kotibi Lionel Bilgo matbuot anjumanida shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Seytenga tumanida noma’lum qurolli shaxslar tomonidan hujum uyushtirilganini aytdi.

1842876
Burkina-Fasoning Sahel hududida 50 kishining jasadi topildi

 

Burkina-Fasoning Sahel hududida uyushtirilgan qurolli hujumda 50 nafar tinch aholi vakili halok bo'ldi.

Hukumat matbuot kotibi Lionel Bilgo matbuot anjumanida shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Seytenga tumanida noma’lum qurolli shaxslar tomonidan hujum uyushtirilganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, hujumda tinch aholi nishonga olingan. Hujumdan so'ng, 50 kishining jasadi topilgan.

Hukumat rasmiylari qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

Hukumat ushbu dahshatli hujumni keskin qoralab, xalqni terrorizmga qarshi kurashda hukumat kuchlari bilan hamkorlik qilishga chaqirgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar