Fransiya Marsel shahrida PKK ta’lim lageri tashkil etilishiga ruxsat berdi

Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlariga Fransiyaning Marsel shahrida “mafkuraviy ta’lim lageri” tashkil etishga ruxsat berilgan.

1835151
Fransiya Marsel shahrida PKK ta’lim lageri tashkil etilishiga ruxsat berdi

 

Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlariga Fransiyaning Marsel shahrida “mafkuraviy ta’lim lageri” tashkil etishga ruxsat berilgan.

PKK terror tashkiloti ro'yxatida bo'lgan Fransiyaning janubidagi Marsel shahri yaqinidagi yashil maydonda "festival/madaniy tadbir" niqobi ostida "mafkuraviy ta'lim lageri" o'tkazgan PKK tarafdorlarining tasvirlari ijtimoiy tarmoqqa  tushdi.

Kadrlarda o'nlab PKK tarafdorlarining bo'lginchi terror tashkiloti liboslarini kiyib, bu tashkilotning lattalari va tashkilot rahbari Abdulla O'jalanning plakatlari bilan shiorlar aytishi diqqatlarni qaratmoqda.

Rasmlar haqida hozircha rasmiy bayonot berilmagan.

Turkiyaning Parijdagi elchisi Ali O’naner, suratlar ijtimoiy tarmoqlarda aks etganidan keyin Fransiya hukumati bilan bog‘langanliklarini, bu videolarning Fransiyada suratga olingani yoki yo‘qligi, bu faoliyat bilan bog‘liq qanday ta’qib va ​​qanday choralar ko‘rilgani haqida tasdiqlashni so‘raganliklarini bildirdi.

O’ner, Fransiya rasmiylariga PKKning Turkiya missiyalariga qaratilgan hujumlari va terror tashviqotini o’z ichiga olgan PKK tarafdori faoliyatlariga chek qo’yish talablarini  yana bir bor yetkazganliklarini ta’kidladi.

Turkiyaning Marseldagi Bosh konsulligi Marseldagi mahalliy hokimiyatlar, Turkiyaning Parijdagi elchixonasi esa Fransiya Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari ishtirokida milliy darajadagi jarayonning izdoshi ekanligi ta’kidlandi.

PKK tarafdorlarining Fransiyadagi turk muassasalari, shirkatlari va fuqarolariga zarar yetkazish harakatlari ma’lum davrlarda kuchayib borayotganini qayd etgan Onaner, buning o’tmishdan beri Fransiya va boshqa G’arbiy Yevropa davlatlarida duch kelgan muammo ekanligini bildirdi.

Bu mavzuda Onaner, Turkiyaning Parijdagi Bosh konsulligiga 12-mayga o‘tar kechasi bo‘lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan hujumni eslatdi.

Fransiyaning PKKga qarshi kurashda eng keng qamrovli chora-tadbirlarni olgan Yevropa davlatlaridan biri ekanini tilga olgan O’naner, ammo bu chora-tadbirlarning yetarli emasligini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar