Parijdagi Luvr muzeyining sobiq direktori firibgarlikda ayblandi

Luvr muzeyining sobiq direktori Jan-Lyuk Martines hafta boshida Madaniy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurash markaziy boshqarmasi (OCBC) tomonidan hibsga olingan

1833799
Parijdagi Luvr muzeyining sobiq direktori firibgarlikda ayblandi

 

Luvr muzeyining sobiq direktori Jan-Lyuk Martines hafta boshida Madaniy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurash markaziy boshqarmasi (OCBC) tomonidan hibsga olingan, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi muxbiri Fransiya OAVga tayanib.

Tergov natijalari Martines noyob asarlar noqonuniy savdosiga aloqadorligini ko‘rsatgan.

Chorshanba kuni shartli ravishda ozod qilingan Martines tarixiy asarlar kontrabandasi bo‘yicha “uyushgan firibgarlikka sheriklik” va “pul yuvish”da ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Martines Qadimgi Misr XVIII sulolasining o‘n birinchi fir’avni Tutanxamon davriga oid artefakt (lotincha “artefakt” so‘zi arte - sun’iy, factus - tayyorlangan ma’nolarini anglatadi, ma’lum jismoniy xususiyatga ega ob’ektni bildiradi) hujjatlarni qalbakilashtirgan, tarixiy ashyolar, jumladan, Tutanxamonning pushti rang granit stelasi oldi-sotdisida ishtirok etgan, 5 ta tarixiy ashyoning kelib chiqishi to‘g‘risida soxta guvohnoma tayyorlagan.

2021 yilgacha sakiz yil davomida Luvrga rahbarlik qilgan Martines madaniy meros sohasidagi xalqaro hamkorlik elchisi ham sanalardi.


Tanlangan kalimalar: #Parij , #Luvr muzeyi

Aloqador xabarlar