Eronda 10 qavatli binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni 22 nafarga yetdi

Voqea ortidan boshlangan tergov doirasida, Abadan shahar hokimi Huseyin Hamidpur bilan yana 11 kishi qo'lga olingan. Ular orasida sobiq hokimlar ham bor.

1833591
Eronda 10 qavatli binoning qulashi oqibatida qurbonlar soni 22 nafarga yetdi

 

Eron janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatining Abadan shahrida 23 may kuni 10 qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi, vayronalar tagidan 48 kishi qutqarib olindi.

Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, Abadan gubernatori Ihson Abbospur shaharda qurilayotgan 10 qavatli savdo markazining qulashi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 22 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Jarohatlanganlar soni 37 nafarni tashkil qilmoqda.

Xuziston Qizil Yarim Oy Tashkiloti Rahbari Vohid Shabani ma'lum qilishicha, hozirgacha 48 kishi vayronalar tagidan qutqarilgan.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Xuziston viloyatining Abadan shahrida qurilayotgan 10 qavatli “Abadan Metropol” savdo markazi 23 may kuni qulab tushgandi.

Voqea ortidan boshlangan tergov doirasida, Abadan shahar hokimi Huseyin Hamidpur bilan yana 11 kishi qo'lga olingan. Ular orasida sobiq hokimlar ham bor.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar