Texasdagi boshlang‘ich maktabda yuz bergan otishmada 21 kishi halok bo‘ldi

Texas gubernatori Greg Ebbottning aytishicha, otishma sodir etgan shaxs 18 yoshli Salvador Ramos bo‘lib, u voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

1832241
Texasdagi boshlang‘ich maktabda yuz bergan otishmada 21 kishi halok bo‘ldi

 

AQShning Texas shtati Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 21 kishi halok bo'ldi. Ulardan 18 nafari yosh bola va uch nafari yoshi kattalar.

Bu haqda shtat senatori Roland Guterres mahalliy politsiyaga tayanib CNN telekanaliga intervyu berdi.

Uning ta'kidlashicha, hodisa 24 may kuni sodir bo‘lgan. Voqea yuz bergan maktabda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qiydi. 

Texas gubernatori Greg Ebbottning aytishicha, otishma sodir etgan shaxs 18 yoshli Salvador Ramos bo‘lib, u voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. Politsiya xodimlaridan ikki nafari otishma vaqtida yengil jarohat olgan. 

Ebbottning so‘zlariga ko‘ra, qotil mashinasini maktab binosi oldida qoldirib, to‘pponcha va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, miltiq bilan maktabga kirgan. Ramos maktabga borishdan oldin buvisini otib tashlagan, u shifoxonalardan biriga joylashtirilgani ekani aytiladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden halok bo‘lganlar xotirasiga bayroqlarni tushirib qo‘yish haqida topshiriq berdi, deya xabar qildi Oq uy. 

Nyu-Yorkning Buffalo shahrida atigi bir hafta oldin qurolli hujum sodir bo'lganini eslatgan Bayden, mamlakatda qurolli zo'ravonliklarning ortib borayotganiga e'tibor qaratdi.

"Davlat maktablarimiz o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun eng xavfsiz joylardan biri bo‘lishi kerak.Siyosatchilar nihoyat mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari va qurol xavfsizligi muammosini hal qilishlari uchun yana qancha ommaviy hujumlar kerak?", dedi Milliy ta'lim assotsiatsiyasi Texas shtati o'qituvchilari uyushmasi bilan qo'shma bayonotda.

Amerika O'qituvchilar Federatsiyasi prezidenti Randi Veingarten ham hujumga munosabat bildirib, "Faqat shu mamlakatda ota-onalar farzandlarining maktabda xavfsiz bo'lishiga ishonchlari komil emas" dedi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi hujumni hisobga olmaganda, yil boshidan buyon mamlakatdagi ta’lim muassasalarida sodir etilgan 38 ta qurolli hujumda kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 51 kishi jarohatlangan.

Ma’lumot uchun, 1966 yili Texas universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Texas

Aloqador xabarlar