Rohinjalik qochqinlar bo'lgan bir qayiqning ag‘darilishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Myanma qirg‘oqlarida rohinjalik qochqinlarni olib ketayotgan qayiqning ag‘darilishi oqibatida kamida 17 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.

1831684
Rohinjalik qochqinlar bo'lgan bir qayiqning ag‘darilishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

 

Myanma qirg‘oqlarida rohinjalik qochqinlarni olib ketayotgan qayiqning ag‘darilishi oqibatida kamida 17 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligiga asoslangan Al Jazeera telekanali xabariga ko'ra, Bengal ko'rfazi orqali Malayziyaga ketayotgan qayiq ag'darilgan.

Kamida 90 kishi borligi taxmin qilingan qayiqda 17 kishi, jumladan, bolalar hayotdan ko‘z yumgan, 50 dan ortiq yo‘lovchi esa g‘oyib bo‘lgan.

2012-yilda Myanmaning Arakan shtatida buddistlar va musulmonlar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqishi natijasida  minglab odamlar, aksariyati musulmonlar halok boʻlgan, yuzlab uy va ishxonalarga oʻt qoʻyilgan edi.

2017-yilning 25-avgustida Arakandagi chegara postlariga bir vaqtning o‘zida uyushtirilgan hujumlarni tilga olib, Myanma armiyasi va buddist millatchilar ommaviy zo‘ravonliklarni boshlatgan edi.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2017 yilning avgust oyidan keyin Arakandagi zulmdan qochib Bangladeshga boshpana topganlar soni 900 mingdan oshdi.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari o'zlari e'lon qilgan sun'iy yo'ldosh tasvirlari bilan yuzlab qishloqlar vayron bo'lganini isbotladi.

BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari rohinjalarga nisbatan zo‘ravonlikni “etnik tozalash” yoki “genotsid” deb ataydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar