Isroil Falastinning Jenin shahriga uyushtirgan bosqinda bir Falastinlik yaralangan

Isroil askarlari tomonidan ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilning shimolida joylashgan Jenin shahriga uyushtirilgan bosqinda bir falastinlik yaralangan, bir nafari qo'lga olingan.

1831601

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Isroil kuchlari Jenin shahri va Jenin qochqinlar lageriga bosqin  uyushtirgan.

Hudud aholisi  bosqinga  reaksiya  ko’rsatgandan  so‘ng, Isroil askarlari bilan falastinliklar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.

Isroil kuchlari Falastinliklarga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz, o'q va rezina o'qlardan foydalangan.

Bir Falastinlik tizzasidan yaralangan, yana biri Isroil askarlari tomonidan hibsga olingan.

Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar