Filippinda 134 yo'lovchi bo'lgan paromda yong'in sodir bo'ldi

Fojiada 7 kishi halok bo‘lgan. Paromning 24 nafar yo'lovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

1831314
Filippinda 134 yo'lovchi bo'lgan paromda yong'in sodir bo'ldi

 

Kecha, 24 may kuni Filippinning Keson provinsiyasidagi Real porti yaqinida 126 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan tezyurar paromda yong‘in yuz berdi. Oqibatda hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parom Polilio orolidan yo‘lga chiqqan. Yong‘in boshlangach, vahimaga tushgan yo‘lovchilar suvga sakray boshlagan.

Port qutqaruvchilari zudlik kema yoniga yetib kelgan. Paromning 24 nafar yo'lovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda, 21 nafari turli jarohatlardan davolanmoqda.

Paromdagi boshqa odamlarning qutqarilgani haqidagi ma'lumotni baham ko'rgan rasmiylar, yong'in o'chirilganligini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Filippin

Aloqador xabarlar